» » Mehmonxona va restoranlarda 5-sentabrga qadar chegirmalar e’lon qilindi

Mehmonxona va restoranlarda 5-sentabrga qadar chegirmalar e’lon qilindi


O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi 5-sentabrga qadar, mehmonxona, restoran va transport vositalarida chegirmalar e’lon qildi.

“Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan joriy yilning 5-sentabr kuniga qadar yurtimizdagi 200 ga yaqin joylashtirish vositalari (mehmonxonalar va oilaviy mehmon uylari), 80 dan ortiq transport vositalari (avtobus, mikroavtobus va yengil avtomobillar) hamda 110 dan ortiq umumiy ovqatlanish shoxobchalari (kafe, restoranlar va b.) uchun chegirmalar joriy etilganligini ma’lum qiladi”, — deyilgan xabarda.

Masalan, 31-avgustdan 3-sentabrga qadar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning ichki reyslari uchun 10 foizdan 50 foizgacha, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK uchun esa 30 foizdan 50 foizgacha chegirmalar e’lon qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2019, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют