» » Buxoroda brakonerlar 2 bosh jayronni otib o‘ldirdi

Buxoroda brakonerlar 2 bosh jayronni otib o‘ldirdi


Qorako‘l tuman Bandboshi mahalla fuqarolar yig‘ini cho‘l hududida UAZ rusumli avtomashinada kuchli yoritgich asbobi yordamida noqonuniy ov qilib yurgan 4 nafar huquqbuzar to‘xtatilgan. Bu haqda Buxoro viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi ma’lum qildi.

Ular o‘zlarini Qorako‘l tuman “Qoraxoji” mahallasida yashovchi fuqarolar deb tanishtirgan.

Huquqbuzarlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan ikki bosh jayron otilgan.

Ularni to‘xtatgan harbiy qism xizmatchilari noqonuniy ov bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga murojaat qilgan. Ekologiya boshqarmasi mas’ul xodimlari voqea joyiga borib, huquqbuzarlardan tushuntirish xatlarini olib, dalolatnoma va bayonnomalarni rasmiylashtirgan.

Ularga tegishli ov qurollari, o‘q-dorilar, kuchli yoritgich asbobi va avtomashina Qorako‘l tuman IIB xodimlariga topshirildi.

Huquqbuzarlarning hatti-harakatida jinoyat alomatlari borligi sababli tergov-surishtiruv olib borish va ularga nisbatan amaldagi qonunchilik asosida chora ko‘rish maqsadida ushbu ish bo‘yicha yig‘ilgan hujjatlar to‘plami Buxoro viloyat ichki ishlar boshqarmasiga yuborildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-08-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют