» » Ohangaronda chiqindi tashlash bo‘yicha qoidabuzarlardan 2 mln 411 ming so‘m jarima undirildi

Ohangaronda chiqindi tashlash bo‘yicha qoidabuzarlardan 2 mln 411 ming so‘m jarima undirildi


Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan noqonuniy chiqindixonalarni aniqlash bo‘yicha tezkor reyd o‘tkazildi, deb xabar berdi O‘zA.

Tumandagi “Eyvalek”, “Axcha” va “Telov” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi tomonidan ruxsat etilmagan joylarga chiqindilarning tashlab ketilishi oqibatida hudud ifloslangani aniqlandi. O‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, mahallalardagi bunday chiqindi poligonlari tufayli sanitariya-epidemiologiya holat yomonlashib, yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishigacha borib yetgan.

Ushbu holatni bartaraf etishga tuman obodonlashtirish boshqarmasi, ichki ishlar bo‘limi, “Toza hudud” davlat unitar korxonasi tuman filiali xodimlari jalb qilindi.

“Tumanda aholi, korxona va tashkilotlar tomonidan belgilanmagan joylarga chiqindilar tashlangani bo‘yicha 14 huquqbuzarlik aniqlandi. Ushbu holatlar yuzasidan qoidabuzarlardan 2 million 411 ming so‘m jarima undirildi. Ammo joylardagi chiqindilarni vaqtida olib ketish bo‘yicha muammolar ham yetarli. Tumandagi 29 mahalla fuqarolar yig‘iniga xizmat qiluvchi ‘Toza hudud’ davlat unitar korxonasi tuman filiali tomonidan jalb qilingan 3 yuk tashuvchi avtotransport vositasining bittasi ta’mirtalab, 2 tasi esa barcha mahallalarga birdek xizmat ko‘rsata olmaydi. Shuning uchun har bir mahalla, ko‘cha va uylar ozodaligini saqlashda aholi, ayniqsa, yoshlarning tartib va tozalik bo‘yicha mas’uliyatini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mahallalarda, ko‘p qavatli uylar atrofida qo‘shimcha tarzda chiqindi tashlash joylari tashkil etilmoqda”, — deydi viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektori Sherzod Yo‘ldoshev.

Tezkor reyd davomida chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlayotgan fuqarolarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют