» » Ulkan samosval: yoqilg‘i quyishning hojati yo‘q endi

Ulkan samosval: yoqilg‘i quyishning hojati yo‘q endi


Kuhn Schweitz dunyodagi eng yirik elektr transport vositasini taqdim etdi, deya xabar qiladi “Motor.ru”. Uning og‘irligi 45 tonnani, yuk ko‘tarish hajmi esa 65 tonnani tashkil etadi. To‘rt tonnalik batareya bilan jihozlangan yuk mashinasi mustaqil ravishda o‘zini zaryadlashi mumkin.

Batareya quvvati 600 kilovatt soatni tashkil etadi. Undagi kuchli quvvat tufayli bir vaqtning o‘zida 6 ta elektr avtomobili zaryadlanishi mumkin. Yuk mashinasining uzunligi 9 metr, kengligi va balandligi 4,2 metrga yetadi.

Odatda elektr motorlar og‘ir texnikada foydalanish uchun yetarlicha chidamli emas, deb hisoblanadi, shuning uchun ko‘pincha dizel afzal ko‘riladi. Biroq bu yuk mashinasi aksincha ekanini isbotladi. 65 tonna yuk ortilgan samosval 13 daraja qiyalikdan tushganda regenerativ tormoz tizimi ishga tushadi. Bunda ko‘p energiya ishlab chiqariladi va yuk mashinasi keyingi yukni ko‘tarish uchun yetarli zaryad oladi.

Kutilayotgan elektr yuk mashinalaridan yana biri bu Tesla kompaniyasining  Semi modelidir. Sinovlar davomida u allaqachon bir necha bor o‘zini oqlagan. Brend asoschisi Ilon Mask ularning ba’zilari haqida shaxsan xabar bergan, ammo hozirgacha model namoyishining aniq sanasi haqida ma’lumot berilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-08-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 2) ( 0) ( 2) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют