» » Fotogalereya: Ulkan mashinalar

Fotogalereya: Ulkan mashinalar


Ekskavatorlar, burg‘ulash mashinalari, tankerlar sayyoradagi eng ulkan mashinalar qatorini to‘ldirib turadi. “Motor” ana shunday ulkan mashinalardan iborat jamlanmani taqdim etdi.

Rossiyadagi eng yirik ekskavatorning og‘irligi 1200 tonnani tashkil qiladi. U 45 daraja sovuqdan 45 daraja issiqqacha bo‘lgan ob-havo sharoitida ishlay oladi.

Dunyodagi eng yitik harakatlanuvchi mashina hisoblangan ekskavator 1969-yilda ishlab chiqarilgan va uning og‘irligi 12 ming tonnani tashkil qilgan. 1969—1991-yillar davomida Big Muskle 20 million tonnadan ko‘proq ko‘mir qazib olgan.

Og‘irligi 12700 tonna, quvvati 15 ming ot kuchiga teng bo‘lgan ekskavator 1991-yilda yonib ketgan. Qayta ta’mirlash iqtisodiy jihatdan samarasiz bo‘lgani uchun bir yildan so‘ng utilizatsiya qilingan.

Dunyodagi eng katta transport ko‘prigi hisoblangan inshoot Germaniyada ochiq usulda qazib olingan ko‘mirni tashishga xizmat qilgan.

Oxota dengizi ostida neft qazib olish uchun qurilgan mashina 13 kilometr chuqurlikkacha burg‘ulashga muvaffaq bo‘lgan. Yer sayyorasidagi eng chuqur o‘nta burg‘ulangan quduqning to‘qqiztasi “Yasterb” tomonidan qazilgan.

Samsung Heavy Industries tomonidan yaratilgan suzuvchi zavod siqilgan tabiiy gaz ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Uzunligi 480 metrdan iborat suzuvchi zavod ekipaji 240 kishidan iborat bo‘lib, u 2017-yilning iyun oyi oxirida ishga tushirilgan.

1976—2010-yillardagi dunyoda eng yirik hisoblangan tankerning uzunligi 458 metr bo‘lgan.

Og‘irligi uch ming tonna bo‘lgan ulkan texnika o‘z vazniga teng yukni 12 metrgacha ko‘tara oladi.

Vazni 20 ming tonna bo‘lgan ko‘tarish qurilmasi xuddi shuncha og‘irlikdagi yukni ko‘tara oladi. Balandligi 133 metr bo‘lgan mazkur kran yordamida neft platformalari yig‘iladi. Ko‘tarish tezligi soatiga 10 metrni tashkil qiladi.

Опубликовано: admin (12-11-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют