» » Uchqo‘rg‘onda Damas va yuk mashina to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Uchqo‘rg‘onda Damas va yuk mashina to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi


Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida 29-avgust kuni uch kishining o‘limi bilan tugagan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, “Uchqo‘rg‘on—Haqqulobod” yo‘lining “Tegirmon” mahalla fuqarolar yig‘inidan o‘tgan qismida soat taxminan 17:30 da 52 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Damas ag‘darilgan.

Ag‘darilgan mikroavtobus yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketib, shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, 24 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Isuzu yuk mashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

“Natijada Damas haydovchisi voqea joyida, uning ikki yo‘lovchisi esa kasalxonaga olib kelinganida vafot etdi”, — deyiladi IIV axborotida. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2018-yilda O‘zbekiston yo‘llarida yuz bergan yo‘l-transport hodisalari oqibatida 2262 kishi halok bo‘lgan (2017 yilda qurbonlar soni 2473 nafar edi). Ularning 1031 nafari piyodalardir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2019, 14:29)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют