» » Xalq ta’limi vazirligi maktab formasi bo‘yicha ota-onalarga murojaat qildi

Xalq ta’limi vazirligi maktab formasi bo‘yicha ota-onalarga murojaat qildi


So‘nggi kunlarda turli ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in munozaralarga sabab bo‘layotgan davlat umumta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun yangi o‘quv yilida kiyishi lozim bo‘lgan maktab formasi xususida Xalq ta’limi vazirligi murojaatnoma bilan chiqdi.

Respublikadagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning maktab formasi va uni kiyib yurish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 666-sonli Qarori bilan tasdiqlangan.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-iyundagi “Vazirlar Mahkamasining davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018-yil 15-avgustdagi 666-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qaroriga binoan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formalarini majburiy qilib belgilash 2024—2025-o‘quv yilidan deb belgilandi.

Yagona maktab formasining majburiyligi kechiktirilgan bo‘lsa-da, Vazirlar Mahkamasining 666-sonli qarori bilan tasdiqlangan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2018—2019-o‘quv yilidan boshlab amalda saqlanib qolmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib vazirlik yangi o‘quv yilida davlat umumta’lim maktablarida maktab formasi sifatida quyidagi kiyim-kechaklarni tavsiya qiladi:

“Farzandingizni vazirlik tomonidan tavsiya etilgan variantlardan tashqari boshqa kiyim-kechaklarda hamda turli bosh kiyimlarda (ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno) maktab hududida yurishi ta’lim muassasasining ichki tartib hamda odob-axloq qoidalarining buzilishiga olib keladi. Mazkur holat ta’lim muassasalarida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida ijtimoiy tenglikni ta’minlashga qaratilgan”, — deyiladi vazirlik murojaatida.

Shuningdek, maktab direktorlari tomonidan maktab formasini markazlashgan holda oldi-sotdi ishlarini tashkil qilinishi qat’iyan taqiqlanganligi yana bir bor eslatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют