» » Kreml Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni G‘alabaning 75 yilligi tantanalariga taklif qiladi

Kreml Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni G‘alabaning 75 yilligi tantanalariga taklif qiladi


Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga Ulug‘ Vatan urushi (Ikkinchi jahon urushining 1941-yil 22-iyundan 1945-yil 9-mayga qadar davom etgan qismi)dagi g‘alabaning 75 yilligi tantanalarida ishtirok etish bo‘yicha taklifnoma yuboriladi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Meduza.

Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, hozirgacha 17 mamlakat yetakchilari bayram tadbirlarida ishtirok etishini tasdiqlagan. Ular orasida Hindiston, Kuba, Fransiya, Chexiya, Venesuela, Belarus, Armaniston, Bolgariya va Serbiya yetakchilari bor, dedi Ushakov.

AQSh prezidenti Donald Trampga ham taklifnoma yuborilgan, biroq, Ushakovning qo‘shimcha qilishicha, u hali javob berganicha yo‘q. Avvalroq xuddi shunday taklifnoma O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ham yuborilgani haqida xabar berilgan edi.

2015-yili, G‘alabaning 70 yilligi tantanalariga Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va AQSh yetakchilari kelmagan edi. Ular Ukraina sharqidagi qurolli nizo va Qrimning Rossiya tarkibiga qo‘shib olinishi yuz bergan bir vaqtda Rossiyaga tashrif buyurishni maqsadga muvofiq emas, deb hisoblagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-08-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют