» » O‘zbekistonda “Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligi” esdalik yubiley medali ta’sis etiladi

O‘zbekistonda “Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligi” esdalik yubiley medali ta’sis etiladi


O‘zbekistonda 1941—1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 75 yilligi sharafiga “Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligi” esdalik yubiley medali ta’sis etiladi. Bu Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida joylashtirilgan va Mudofaa vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Prezident farmoni loyihasida ko‘zda tutilgan.

Esdalik yubiley medali bilan O‘zbekiston fuqarolari — “1941—1945 yillardagi Ulug‘ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” va “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” medallari bilan, urush yillarida jangovar xizmatlari uchun olingan boshqa orden va medallar bilan mukofotlangan yoki urush qatnashchisi guvohnomasiga yoxud Vatan urushi nogironi guvohnomalariga ega bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari taqdirlanadi.

Shuningdek, Ikkinchi jahon urushi yillarida fidokorona mehnati uchun mukofotlangan, jumladan, “1941—1945-yillar Ulug‘ Vatan urushidagi shavkatli mehnati uchun”, “Mehnatdagi jasorati uchun”, “Mehnatda o‘rnak ko‘rsatganligi uchun” medallariga yoki 1941—1945-yillardagi urush davrida qurolli kuchlarda fuqaro shaxslarni erkin yollash bo‘yicha shtat lavozimida bo‘lganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lgan mehnat fronti qatnashchilari ham mukofotlanadi.

Ularga 8 million so‘m miqdorda bir martalik pul mukofoti topshiriladi.

Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasiga 2020-yilning 1-fevraliga qadar yubiley medallarini topshirish va pul mukofotlarini to‘lash tartibini belgilash topshirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2019, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют