» » O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 5 mln so‘mdan pul mukofoti beriladi

O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 5 mln so‘mdan pul mukofoti beriladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirildi.

Farmonga muvofiq, 9-may umumxalq bayrami — Xotira va Qadrlash kuni o‘tkazilishi hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 73 yilligi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida ularga 5 million so‘m miqdorida biryo‘la pul mukofoti belgilandi.

Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari va Davlat xavfsizlik xizmatiga Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotini tantanali topshirilishini ta’minlash yuklatildi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda urush qatnashchilari va nogironlariga bayram munosabati bilan 2 million so‘mdan mukofot berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2018, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют