» » Bektemir Meliqo‘ziyev navbatdagi raqibini ham nokautga uchratdi

Bektemir Meliqo‘ziyev navbatdagi raqibini ham nokautga uchratdi


Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasi vakili, o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev Toshkent vaqti bilan 31-avgust kuni professional faoliyatidagi ikkinchi jangini o‘tkazdi.

AQShning Kaliforniya shtatida bo‘lib o‘tgan boks kechasida Meliqo‘ziyev meksikalik Rikardo Luna Flores bilan ringga chiqdi. Sakkiz raundga mo‘ljallangan jangning birinchi raundida o‘zbekistonlik bokschi raqibini nokautga uchratdi va prof boksdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Meliqo‘ziyev 13-iyunda prof boksdagi debyut jangini o‘tkazgan va unda argentinalik Martin Fidel Riosni birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.

Yanada ko‘proq boks va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют