» » O‘zbekistonda Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi – “O‘zbekkosmos” tashkil etiladi

O‘zbekistonda Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi – “O‘zbekkosmos” tashkil etiladi


Vazirlar Mahkamasi huzurida Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi – “O‘zbekkosmos” agentligi tashkil etiladi. Bu Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida kosmik faoliyatni rivojlantirish to‘g‘risida”gi farmonida ko‘zda tutilgan.

“O‘zbekkosmos” agentligi kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida yagona davlat siyosati va strategik yo‘nalishlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Agentlik xodimlarining cheklangan soni 37 ta shtat birligini tashkil etadi.

“O‘zbekkosmos” agentligi bosh direktori, bosh direktor o‘rinbosarlari Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Agentlik bosh direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlariga ko‘ra vazirning birinchi o‘rinbosariga, bosh direktor o‘rinbosarlari esa vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.

“O‘zbekkosmos” agentligi davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

Quyidagilar “O‘zbekkosmos” agentligining asosiy vazifalari etib belgilandi:

Farmon bilan 2019-yil 1-noyabrga qadar O‘zbekiston Respublikasining “Kosmik faoliyat to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi, 2020-yil 1-iyulga qadar 2020—2030-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasida kosmik tarmoqni rivojlantirish davlat dasturi ishlab chiqilishi belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют