» » O‘zbekistonda kosmik faoliyatni rivojlantirish bilan “O‘zbekkosmos” shug‘ullanadi

O‘zbekistonda kosmik faoliyatni rivojlantirish bilan “O‘zbekkosmos” shug‘ullanadi


O‘zbekistonda kosmik faoliyatni rivojlantirish to‘g‘risidagi farmon loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi, deb yozadi Turon 24 AA.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan tajriba, intellektual resurslar va bazaviy kosmik infratuzilmalar mavjud.

Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (“O‘zbekkosmos”) sohani tartibga soladi. U kosmik sohani rivojlantirish va undan foydalanish sohasida yagona davlat siyosati va strategik yo‘nalishlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga mas’ul davlat boshqaruvi organi bo‘ladi.

“O‘zbekkosmos” agentligi huzurida Ilmiy-texnik va ekspert kengashi tashkil etish ko‘zda tutilgan. Uning tarkibidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Mudofaa, Innovatsion rivojlanish vazirliklari, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo‘yicha, Geologiya va mineral resurslar bo‘yicha davlat qo‘mitalari hamda Fanlar akademiyasidan vakillar o‘rin oladi.

2019-yil 1-fevralga qadar “Kosmik faoliyat to‘g‘risida”gi qonun loyihasi, 2018-yil 20-dekabrga qadar Kosmik sohani 2019 – 2029-yillarda rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi, 2019-yil 1-noyabrgacha esa Kosmik sohani 2019 – 2029-yillarda rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturi loyihasi tayyorlanadi.

2019-yil 1-sentabrga qadar Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti va Toshkent davlat axborot texnologiyalari universitetida “Amaliy kosmik texnologiyalar” kafedralari tashkil etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2018, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 24) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют