» » Fransiya kompaniyasi sun’iy yo‘ldoshlarni ishlab chiqarishda O‘zbekiston bilan hamkorlikni rejalashtirmoqda

Fransiya kompaniyasi sun’iy yo‘ldoshlarni ishlab chiqarishda O‘zbekiston bilan hamkorlikni rejalashtirmoqda


Fransiyaning aviakosmik, harbiy va dengiz sanoati uchun axborot tizimlarini ishlab chiqaruvchi Thales International kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh va sun’iy yo‘ldosh uskunalarini ishlab chiqarish sohasida O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

Kompleks kosmik tizimlar, jumladan, turli maqsadlarga mo‘ljallangan sun’iy yo‘ldoshlarni uchirish va boshqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston hududida mahalliy mutaxassislarni o‘qitish uchun Thales International texnologik bazasi tashkil etilishi mumkin.

Bundan tashqari, kompaniya O‘zbekistonga kosmik texnologiyalardan foydalangan holda yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanish uchun infratuzilmalarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirishni taklif qildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil fevralida prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasida kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishni imzolagan edi. Unda mamlakatda kosmik va sun’iy yo‘ldosh texnologiyalarini joriy etish konsepsiyasini ishlab chiqish topshirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют