» » O‘zbekistonda alkogol mahsulotlari sohasidagi kompaniyalarning davlat ulushi onlayn sotila boshlandi

O‘zbekistonda alkogol mahsulotlari sohasidagi kompaniyalarning davlat ulushi onlayn sotila boshlandi


Davlat alkogol, likyor-aroq va vino mahsulotlari tarmog‘idan chiqmoqda, endilikda u faqatgina bozorda regulyator vazifasini bajaradi. Mazkur o‘zgarishlar iqtisodiyotni liberallashtirish va davlat ishtirokini qisqartirish doirasida amalga oshirilmoqda, deb xabar bermoqda Spot.

Shu sababli “O‘zsharobsanoat” tizimiga kiruvchi kompaniyalardagi davlat ulushini sotishga to‘g‘ri kelmoqda. Hozirda davlatda 140 dan ortiq kompaniyaning ulushi mavjud, xususan, ular orasida ulgurji bazalar (82 ta kompaniya) ham bor.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi aksiyalar paketini sotuvga qo‘yishni boshlagan. Ayni vaqtda e-auksion.uz saytiga mamlakatning turli joylaridan 60 dan ortiq lotlar kimoshdi savdosiga qo‘yilgan.

Boshlang‘ich narxlar kompaniyalarga bog‘liq — lotlar ostida ularning qarzi bor yoki yo‘qligi, moliyaviy ko‘rsatkichlari ko‘rsatilgan.

Masalan, Toshkentdagi Faiz Sharob Savdo kompaniyasining 100 foiz ulushi 336 million so‘m tursa, Chilonzor Tumani Sharob Savdo kompaniyasi 1,5 milliard so‘mga baholangan. Birinchisining debitorlik qarzi 5 milliard so‘mdan ortiq, ikkinchisiniki esa — 2,2 million so‘m.

Kimoshdi savdolarida qatnashish tartibi xuddi boshqalarniki kabi — ro‘yxatdan o‘tish, boshlang‘ich qiymatning 5 foizini oldidan to‘lash va boshqalardan ko‘ra yuqoriroq narxni taklif etish kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют