» » O‘zbekistonda maktablar yaqinida alkogol sotilishiga ruxsat berilishi mumkin

O‘zbekistonda maktablar yaqinida alkogol sotilishiga ruxsat berilishi mumkin


O‘zbekistonda 1-iyuldan savdo obyektlariga alkogol mahsulotlarini ta’lim, sport va diniy muassasalardan 100 metrgacha masofada sotishga ruxsat berish taklif qilinmoqda. Bu haqda “O‘zsharobsanoat” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilib, jamoat muhokamasi uchun e’lon qilingan “Vinochilik sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasida so‘z boradi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

2012-yil aprelda kuchga kirgan “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqalishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonunda ta’lim, sport va diniy muassasalardan 500 metrgacha masofada alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish taqiqlangan edi. Qonunda alkogol mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi savdo obyektlariga ko‘chish uchun yarim yil muddat berilgan edi.

Qaror loyihasida 1-iyuldan umumiy savdo maydoni 100 kv. m. dan ortiq bo‘lgan yirik savdo nuqtalari hamda yarmarka savdo pavilyonlarida alkogol mahsulotlarining chakana savdosiga ruxsat berish ham taklif qilingan.

1-avgustdan alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga firma do‘konlari va ushbu mahsulotlarni ulgurji va chakana sotish bilan shug‘ullanuvchi boshqa yuridik shaxslar savdo nuqtalari orqali o‘z mahsulotlarini mustaqil sotishga ruxsat berilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-06-2018, 10:18)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют