» » Janubiy Koreyada O‘zbekiston fuqarosi ish joyida vafot etdi

Janubiy Koreyada O‘zbekiston fuqarosi ish joyida vafot etdi


Janubiy Koreyaning Chungnam provinsiyasida 30-avgust kuni O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti xabar berdi.

O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi Konsullik bo‘limi bergan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi X.S.ning o‘limiga ish joyida yuz bergan baxtsiz hodisa sabab bo‘lgan. Tashqi ishlar vazirligining xabarida marhumning shaxsiga doir boshqa ma’lumotlar oshkor etilmagan.

Xabar berishlaricha, elchixona mazkur vaziyatni nazoratga olgan.

Ayni damda marhumning jasadini Vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalar O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi vakolatxonasi bilan birgalikda hal qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2019, 21:44)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют