» » Issiqko‘lda o‘zbekistonlik ayol cho‘kib ketdi

Issiqko‘lda o‘zbekistonlik ayol cho‘kib ketdi


Issiqko‘lda O‘zbekiston fuqarosining suvga cho‘kib ketishi bilan bog‘liq baxtsiz hodisa yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, 28-iyun kuni Issiqko‘ldagi “Kirgizkoye vzmorye” sanatoriysi plyajida O‘zbekiston fuqarosi T.L. suvga cho‘kib halok bo‘lgan.

O‘zbekistonning Bishkekdagi elchixonasi Konsullik bo‘limi vaziyatni nazoratga olgan.

“Marhumaning qarindoshlariga jasadni O‘zbekistonga olib chiqish bo‘yicha konsullik-huquqiy masalalarni hal qilishda yordam berilmoqda”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют