» » NATOning Yevropadagi qo‘mondoni Rossiya tufayli ko‘proq qo‘shin so‘radi

NATOning Yevropadagi qo‘mondoni Rossiya tufayli ko‘proq qo‘shin so‘radi


NATOning Yevropadagi qo‘mondoni Kertis Skaparotti borgan sari ko‘proq jangovarlik kasb etayotgan Rossiyaga qarshi turish uchun ko‘p miqdordagi qo‘shin va yuqori texnologiyali kuzatuv vositalariga muhtoj ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda The Washington Examiner ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Uning so‘zlariga qaraganda, AQSh harbiylari dunyodagi eng yaxshi va Rossiyani to‘xtatib turish imkoniga ega ekanligiga qaramasdan, Rossiyaning o‘sib borayotgan harbiy qudratiga qarshi turish uchun yanada qudratli armiya barpo etishi lozim.

Skaparotti hozirgi paytda AQSh Yevropada qo‘shinlarning barcha turidagi 60 ming harbiyga ega ekanligini ma’lum qildi.

“Bizga katta kuch, ehtimol quruqlikdagi qo‘shinlarda, masalan, bronetank diviziyasi kerak deb o‘ylayman”, — dedi u.

Опубликовано: admin (29-03-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 6) ( 0) ( 6) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют