» » Braziliyalik hindular o‘z yerlariga qulagan samolyot uchun sud orqali 1 mln dollar undirib oldi

Braziliyalik hindular o‘z yerlariga qulagan samolyot uchun sud orqali 1 mln dollar undirib oldi


Amazonka o‘rmonlarida yashovchi hindularning kayapo qabilasi 2006-yilda o‘z hududlari osmonida sodir bo‘lgan aviahalokat uchun Braziliyaning Gol aviakompaniyasidan bir million dollardan ziyod tovon puli oladi, deya xabar bermoqda “Vesti.ru”. Samolyot qulab tushishi natijasida qabila istiqomat qiladigan yer “nopok” bo‘lib qolgan.

Halokat 2006-yil sentabrda yuz bergan. Manaus—Rio-de-Janeyro reysini amalga oshirayotgan “Boing-737” “Embrayer” xususiy samolyoti bilan to‘qnashib ketgach, 154 nafar yo‘lovchisi va ekipaj a’zolari bilan Amazonka changalzorlariga qulagan edi. Hech kim omon qolmagan. Xususiy samolyot esa yaqin oradagi aeroportga shoshilinch qo‘ndi, undagi odamlar jabrlanmadi.

Halokat natijasida kayapo qabilasi vakillari bir nechta uyni va tibbiyot markazini boshqa joyga ko‘chirishga majbur bo‘ldi. Kayapolar hamon halokat joyiga ko‘chib o‘tishdan bosh tortmoqda, ularning fikricha, endi bu joy “murdalar la’natiga uchragan”.

Опубликовано: admin (29-03-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют