» » “Hizbulloh” tomonidan uchirilgan raketalarga javob tarzida Isroil Livan hududini o‘qqa tutdi

“Hizbulloh” tomonidan uchirilgan raketalarga javob tarzida Isroil Livan hududini o‘qqa tutdi


Isroil—Livan chegarasida shialarning harbiylashtirilgan tashkiloti “Hizbulloh” hamda Isroil o‘rtasida otishma sodir bo‘ldi, deb xabar beradi Meduza.

Reuters agentligining ma’lum qilishicha, 1-sentabr kuni “Hizbulloh” jangchilari armiyaning chegara yaqinidagi bazasidan bir nechta tankka qarshi raketalarni uchirgan. “Hizbulloh”ga bo‘ysunuvchi guruhlarning OAVga ma’lum qilishicha, otishma oqibatida bir necha isroillik halok bo‘lgan, biroq Isroilning o‘zi buni rad etmoqda.

Isroilning Harbiy havo kuchlariga tegishli samolyotlariga uyushtirilgan hujumga javob sifatida “Hizbulloh”ga aloqador bo‘lgan Livan janubidagi nishonlarga zarba berilgan.

Livan bosh vaziri Sa’d Haririy AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo va Fransiya prezidenti maslahatchisi Emmanuel Bon bilan bo‘lib o‘tgan telefon suhbatida Isroil chegarasidagi vaziyatga aralashishni so‘ragan.

Haririy ulardan mamlakat janubiy chegaralaridagi vaziyatning keskinlashuvini oldini olish uchun AQSh, Fransiya va xalqaro hamjamiyatning aralashuvini talab qilgan.

Avvalroq, Livan BMT Bosh kotibi va Xavfsizlik Kengashiga murojaat qilib, Livan havo makonini buzgan Isroilga qarshi “samarali” bosim o‘tkazilishini so‘ragandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-09-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют