» » Kongoda bedarak yo‘qolgan BMT inspektorlarining jasadi qoldiqlari topildi

Kongoda bedarak yo‘qolgan BMT inspektorlarining jasadi qoldiqlari topildi


BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Kongo demokratik respublikasi markaziy qismida topilgan jasad qoldiqlar joriy yil mart oyi o‘rtalarida bedarak yo‘qolgan xalqaro tashkilot inspektorlariga tegishli ekanligini tasdiqladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

“Kasai provinsiyasining Kananga shahri tashqarisida 27-mart kuni topilgan qoldiqlar 2017-yil 12-mart kuni bedarak yo‘qolgan mamlakat bo‘yicha ekspertlar guruhi a’zolari Maykl Sharp (AQSh) va Zayda Katalanga (Shvetsiya) tegishli ekanligini chuqur qayg‘u bilan tasdiqlayman”, — deyiladi BMT bosh kotibi bayonotida.

Antoniu Guterrish xalqaro tashkilotning halok bo‘lgan xodimlari oilalari, yaqinlari va hamkasblariga hamdardlik bildirdi. Mamlakat rasmiylarini Sharp va Katalanga hamrohlik qilgan 4 nafar Kongo fuqarosini qidirishda davom etishga chaqirdi.

Опубликовано: admin (29-03-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют