» » Dauning-stritdagi Larri laqabli mushukka raqobatchi paydo bo‘ldi. Bu — Boris Jonson olib kelgan Dilin laqabli kuchuk

Dauning-stritdagi Larri laqabli mushukka raqobatchi paydo bo‘ldi. Bu — Boris Jonson olib kelgan Dilin laqabli kuchuk


Buyuk Britaniya bosh vaziri qarorgohida jonivorlar soni tobora ortib bormoqda, deb yozadi Meduza.

Endilikda Dauning-stritdagi uyda nafaqat mushuk Larri, Boris Jonson, uning rafiqasi Kerri Saymonds, balki Dilin laqabli kuchukcha ham yashaydi.

15 haftalik Dilin jag‘idagi tug‘ma nuqson tufayli hayvonlar saqlanadigan boshpanaga tashlab ketilgan edi. Boris Jonson va Kerri Saymonds itni olib kelib, Dauning-stritdagi boshqa oila a’zolari bilan tanishtirdi.

Uydagi bosh sichqon tutuvchi yangi qo‘shnisiga qanday munosabatda ekanligi haqida ma’lumot yo‘q.

Biroq Dilin bilan ularning o‘rtalarida muammo bo‘lmasligi kerak, sababi Dilin hayvonlar boshpanasida boshqa mushuk bilan birga yashagan.

Meet our gorgeous little rescue puppy, Dilyn ???? #AdoptDontShop pic.twitter.com/kPmMaYM4dv

— Carrie Symonds (@carriesymonds) September 2, 2019



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют