» » Maktablar reytingini aniqlash jarayonida uchragan soxtalashtirish holatlari haqida ma’lumot berildi

Maktablar reytingini aniqlash jarayonida uchragan soxtalashtirish holatlari haqida ma’lumot berildi


Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida maktablar reytingini aniqlash jarayonida uchragan soxtalashtirish holatlari haqida ma’lumot berildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Eslatib o‘tamiz, 30-avgust kuni ilk bor respublikadagi umumta’lim maktablari reytingi e’lon qilingandi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bosh boshqarma boshlig‘i Ayubxon Rajiyev ta’lim muassasalari reytingining asosiy maqsadlaridan biri — o‘quvchilar bilimini baholash xalqaro dasturlarida mamlakatning ijobiy ishtirokini ta’minlashga tayyorlash ekanligini ta’kidlab, reyting natijalarini obyektivligi va shaffofligini ta’minlash Ta’lim inspeksiyasi oldidagi eng muhim vazifa ekanligi ma’lum qildi.

Ayubxon Rajiyev tomonidan ushbu muhim vazifani ijrosini ta’minlash jarayonida aniqlangan ayrim noxolis holatlar keltirib o‘tildi.

Guruhlar tomonidan joylarda o‘tkazilgan nazorat ishlari vaqtida matematika fani uchun berilgan savollar kitobini soxtalashtirish (nusxalash) hamda shtrix ishlatish holati aniqlangan, bular: Qashqadaryoda 2 ta maktabda, Jizzaxda 1 ta maktabda va Namanganda 1 ta maktabda aniqlangan.

Bundan tashqari, Qashqadaryoda 6 ta, Farg‘onada 6 ta, Navoiyda 5 ta, Surxondaryoda 5 ta, Namanganda 4 ta, Buxoroda 3 ta, Xorazmda 3 ta va Andijonda 1 ta holatda nazorat ishi o‘tkazilayotgan sinfga o‘quvchining o‘rniga boshqa o‘quvchi yashirincha kiritilganligi ma’lum bo‘lgan.

Oliy ta’lim muassasalaridan va ular qoshidagi akademik litseylardan ona tili o‘qituvchilari 9-sinf o‘quvchilari bilan diktant yozdirishga va tekshirishga jalb qilingan. Ayrim viloyatlarda diktant materiallarini noxolis tekshirilganligi oqibatida o‘quvchilarning o‘zlashtirish (10—20 foiz) va sifat (15—25foiz) ko‘rsatkichlari sun’iy ravishda oshib ketganligi aniqlangan.

Jumladan, Xorazmda 21,6/24,6 foiz, Farg‘onada 17,7/22,7 foiz, Andijonda 14,5/18,4 foiz, Toshkent shahrida 13,8/15,4 foiz, Navoiyda 11,2/14 foiz noxolis baholashlar qayd etilgan.

Buning oqibatida reytingda qatnashgan barcha 956 ta maktablarga tegishli nazorat ishlari Davlat inspeksiyasida qaytadan tekshirib chiqildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston 2021-yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)ning ta’lim sifatini baholash bo‘yicha PISA (15—16 yoshli o‘quvchilar bilimini baholash bo‘yicha xalqaro dastur) xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etishi ta’kidlanib, yuqoridagi kabi noxush holatlar ushbu sinovlar jarayonida ham kuzatilsa O‘zbekiston ulardan chetlashtirilishi ma’lum qilindi.

Yakunda hududiy xalq ta’limi boshqarmalari rahbarlari va umumta’lim maktab direktorlariga kelgusida bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda maktablardagi mavjud kamchiliklari soxtalashtirish orqali emas, balki ta’lim sifatini oshirish yo‘li bilan hal qilish vazifasi topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-09-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют