» » Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi: “O‘zbekistonning eng yaxshi oliygohlari reytingi” qanday mezonlarga asoslangan?

Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi: “O‘zbekistonning eng yaxshi oliygohlari reytingi” qanday mezonlarga asoslangan?


Avval xabar berganimizdek, UniRank agentligi tomonidan tayyorlangan O‘zbekistonning eng yaxshi oliy ta’lim muassasalari reytingi e’lon qilingandi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga ko‘ra, faqat OTMning veb sayti va unga necha nafar odam kirganligi bilan aniqlangan reyting natijalari ta’lim sifatini to‘g‘ri baholay olmaydi. Shuningdek, reyting natijalarini e’lon qilgan har qanday agentlik yoki tashkilot ham jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan bo‘lavermaydi.

Reyting natijalarini e’lon qilayotgan vaqtda reytingni amalga oshirgan va baho bergan xalqaro agentliklarning bu sohaga qanchalik chuqur yondashgani va qaysi mezonlar asosida aniqlaganiga ham e’tibor qaratish ayni muddao.

Ma’lumot uchun, UniRank agentligining maqsadi jahon universitetlari va kollejlarining jahon miqyosida onlayn taniqliligi va aloqalarning onlayn mavjudligiga asoslangan.

Shuningdek, chet ellik talabalar va o‘qituvchilarga maxsus oliy ta’lim muassasasining boshqa davlatda qanchalik mashhurligini tushunishlariga yordam berish uchun mo‘ljallangan. Ushbu tashkilot reytingida oliy ta’lim muassasalarining ta’lim sifati, akademik xizmatlari, o‘quv va ilmiy faoliyat asosiy mezonlar sifatida qabul qilinmagan.

Inspeksiyaning qayd etishicha, O‘zbekistonda milliy oliy ta’lim muassaslari reytingini shakllantirishda dunyoning ilg‘or reyting tizimlari chuqur tahlil qilib chiqildi va reyting tizimini baholovchi indikatorlardan milliy ta’lim tizmiga mos keladiganlari o‘rganilib tanlab olindi.

Xususan, THE (Times Higher Education), QS (Quacquarelli Symonds), ARWU (Academic Ranking of World Universities) kabi yirik reyting agentliklari uslublarini o‘rgangan holda 23 ta eng muhim va mos indikatorlar tanlab olindi. 2018-yilda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 57 ta oliy ta’lim muassasasi faoliyati tahlil qilinib, natijalari e’lon qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют