» » O‘zbekiston universitetlari reyting metodologiyasi THE agentligi tomonidan tan olindi

O‘zbekiston universitetlari reyting metodologiyasi THE agentligi tomonidan tan olindi


2019-yilning 15-fevral kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasida Times Higher Edusation (THE) agentligining Rossiya va MDH davlatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Yegor Yablokov bilan navbatdagi rasmiy uchrashuv tashkil qilindi. Bu haqda Inspeksiya matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur uchrashuvda milliy reyting tizimida qo‘llanilgan metodologiya va indikatorlar mintaqaviy direktor tomonidan tahlil qilib chiqilganligi va tahlil natijalari ijobiy deb topilganligi va THE tomonidan rasman tan olinganligi qayd etib o‘tildi.

Uchrashuvda THE vakili O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlarni va ayniqsa ta’lim tizimiga hukumat tomonidan alohida e’tibor qaratilayotganligini alohida e’tirof etgan xolda, bugungi kunda O‘zbekiston MDH davlatlari orasida rivojlanishga intilayotgan eng ilg‘or mamlakatlardan biri ekanligini ta’kidladi.

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘zaro fikr almashinuvlar asosida kechdi. Unda Davlat inspeksiyasi bilan agentlik o‘rtasida kelgusida amalga oshiriladigan ko‘plab hamkorlik yo‘nalishlari haqida kelishib olindi.

“O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingi metodologiyasi ko‘rsatkichlari xalqaro talablar asosida shakllantirilgan bo‘lib, mazkur yondashuv respublika OTMlariniing butun dunyo ilmiy-fan fazosi bilan integratsiyalashuvida muhim ahamiyat kasb etadi”, — deydi Times Higher Edusation xalqaro agentligining Rossiya va MDH davlatlari bo‘yicha direktori Yegor Yablokov.

2018-yilning 1-avgustida Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan ilk bor Respublika Oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingi rasman e’lon qilingan edi. Unda OTMlar faoliyatining deyarli barcha yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar inobatga olingan.

Xususan mazkur reyting tizimida asosiy urg‘u universitetlarning ilmiy salohiyati, akademik reputatsiya natijalariga qaratilgan.

Mazkur metodologiyani ishlab chiqishda inspeksiya jamoasi tomonidan jahonning eng nufuzli reyting agentliklari tajribalari har tomonlama chuqur tahlil qilingan edi. Shunga qaramay, 2018-yil milliy reyting natijalari e’lon qilinganida, ayrim oliy ta’lim muassasalari tomonidan turli xil assosiz e’tirozlar bildirilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют