» » Oltinko‘l va Shahrixonda yangi transformatorlar o‘rnatilayotgani sabab ayrim mahallalarda 4 kun elektr bo‘lmaydi

Oltinko‘l va Shahrixonda yangi transformatorlar o‘rnatilayotgani sabab ayrim mahallalarda 4 kun elektr bo‘lmaydi


Shu yil 4—7-sentabr kunlari Oltinko‘l va Shahrixon tumanlaridagi ayrim mahallalarda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda “Daryo”ga Andijon viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Jamiyat matbuot xizmati rahbari Shaxnoza Hamidovaning aytishicha, aholi, shuningdek ijtimoiy soha obyektlari va iqtisodiyot tarmoqlarida elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash va mustahkamligini oshirish maqsadida Oltinko‘l tumanidagi 35/10 kV kuchlanishli “KFK” podstansiyasida 4000 kVA kuch transformatori o‘rniga 6300 kVA, Shahrixon tumanidagi 110/10 kV kuchlanishli “Oltin vodiy” podstansiyasida 16 000 kVA kuch transformatori o‘rniga 25 000 kVA kuch transformatorlarini o‘rnatish ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.

Buning uchun 10 milliard so‘m sarflanadi. Hozirda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

Podstansiyalar o‘rnatilishi natijasida ushbu hududlarda elektr energiyasi ta’minoti hozirgiga nisbatan bir necha bor yaxshilanishiga erishilishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют