» » 1-may kuni Toshkentning 2 ta tumanida elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi

1-may kuni Toshkentning 2 ta tumanida elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi


2019-yil 1-may kuni soat 07.00 dan 17.00 gacha Toshkent shahrining 2 ta tumani hududida vaqtincha elektr energiyasi o‘chiriladi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Toshkent issiqlik elektr stansiyasida ta’mirlash va sozlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Yunusobod va Olmazor tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘ladi.

Yunusobod tumanida: 5, 6, 7, 9 dahalarda va “Hasanboy” mahallasida;

Olmazor tumanida: Ahil, Yangi Toshkent, Oltinsoy, Qichqiriq, Moyqo‘rg‘on, G.G‘ofurov, Paxta, Ibrohim ota mahallalarida hamda “Dok” podstansiyasiga ulangan korxona va tashkilotlarda elektr energiyasi ta’minotida uzilish bo‘ladi.

Shuningdek, Toshkent Issiqlik markazi (TashTETs), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga qarashli Chuqursoy nimstansiyalarida 4-8 soat davomida elektr energiyasidan uzilishlar kuzatiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют