» » Xorazm viloyati hokimi ayrim hududlarda haftalab elektr energiyasi bo‘lmasligini izohladi

Xorazm viloyati hokimi ayrim hududlarda haftalab elektr energiyasi bo‘lmasligini izohladi


Nima sababdan respublikaning ayrim hududlarida uch-to‘rt kun, ayrim hollarda haftalab elektr energiyasi bo‘lmaydi? Ushbu savol bilan O‘zA muxbiri “Bir savolga bir javob” loyihasi orqali Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanovga murojaat qildi.

— Xorazmda aholi elektr energiyasi ta’minotidagi muammolar yuzasidan ko‘p murojaat bo‘ladi. Tarmoqdagi uzilishlar nafaqat aholi xonadonlari, hatto ijtimoiy obyektlar, shifoxona va maktablarda ham kuzatilmoqda. Viloyatda uch-to‘rt kun, ayrim hollarda haftalab elektr energiyasi bo‘lmasligini qanday izohlaysiz?

— Xorazm viloyatida jami 348 mingdan ortiq aholi xonadoni elektr iste’molchisi, 18,4 mingdan ortiq ulgurji elektr iste’molchilari mavjud bo‘lib, ularni bir soatlik elektr energiyasiga bo‘lgan talabi 260 - 270 megavattni tashkil qiladi.

Bu elektr iste’molchilar asosan Urganch shahrida joylashgan “Xorazm” 220/110/10 kilovatt kuchlanishli podstansiyaga o‘rnatilgan ikkita har biri quvvati 125 MVA bo‘lgan avtotransformator orqali ta’minlangan.

Bu avtotransformatorlarning o‘tkazuvchanlik quvvati 210 megavattni tashkil qilib, 50—60 megavatt elektr energiya quvvati yetishmas edi. Bu esa aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘lib kelgan.

Bu vaziyatni to‘g‘rilash uchun “Xorazm” 220/110/10 kilovatt kuchlanishli podstansiya rekonstruksiya qilinib quvvati 200 MVA bo‘lgan qo‘shimcha avtotransformator o‘rnatildi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-iyundagi qaroriga asosan viloyatdagi elektr energiyasi iste’molchilarini elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida 2019—2020-yillarda Xorazm viloyatiga qo‘shimcha ravishda “Taxiatosh—Xorazm—Sarimay” 220 kilovatt kuchlanishli havo liniyasi qurilishi rejalashtirilgan.

Buning natijasida viloyatga qo‘shimcha ravishda 100 megavatt elektr energiyasi quvvati bilan ta’minlash imkoniyati mavjud bo‘ladi.

Ushbu ko‘rsatilgan topshiriqlar hal bo‘lgunga qadar Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018-yil 1-dekabrdan boshlab Turkmaniston Respublikasining Toshxovuz viloyatidan Xorazm viloyatiga soatiga 100 megavatt elektr energiyasi import qilish masalasi ijobiy hal qilindi.

Buning natijasida iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish yaxshilanib, elektr energiyasi bo‘yicha uzilishlar bartaraf qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют