» » Samarqandda korxona rahbari gazga noqonuniy ulangani uchun salkam 100 mln so‘m to‘ladi

Samarqandda korxona rahbari gazga noqonuniy ulangani uchun salkam 100 mln so‘m to‘ladi


Samarqand tumani “Qaynama” mahallasi hududida joylashgan Gold invest mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli bo‘lgan pardozlash g‘isht pishirish sexida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga MIBning Samarqand viloyati boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Gold invest mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari T.Turanov Samarqand tumani hududida joylashgan 3-son sanoat zonasiga o‘tib ketadigan Pastdarg‘om tumani aholisiga tabiiy gaz yetkazib berish uchun mo‘ljallangan 426 diametrli quvurga 20 diametrli shlang orqali noqonuniy ulanib olgan.

Samarqand viloyati bo‘yicha gaz ta’minoti hududiy filiali tomonidan taqdim qilingan xulosaga ko‘ra, oqibatda davlatga 99 million 367 ming so‘m zarar yetkazilgan.

T.Turanov yetkazilgan zararni bartaraf etib, zararni to‘liq qoplab bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-09-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют