» » Namanganda issiqxonasini tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulab olgan fuqaro 108 mln so‘m to‘ladi

Namanganda issiqxonasini tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulab olgan fuqaro 108 mln so‘m to‘ladi


MIB Namangan viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekzor tadbir davomida Namangan shahrining “Orzu” mahallasida yashovchi fuqaro B.A.ga qarashli issiqxonada tabiiy gazdan qonuniy tartibda foydalanish holati o‘rganildi. Bu haqda “Daryo”ga boshqarma katta inspektori Sohibjon Rapiqov ma’lum qildi.

O‘rganish davomida issiqxonada markaziy tarmoqdan o‘zboshimchalik bilan tortilgan quvur orqali tabiiy gazdan foydalanib kelingani aniqlandi. Ushbu noqonuniy harakatlar oqibatida davlatga salkam 108 million so‘m zarar yetkazilgan.

B.A. yetkazilgan zararni to‘liq qoplagani sababli unga nisbatan Jinoyat-protsessual kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad etildi.

Ma’lumot uchun, viloyatda 2018-yil davomida tabiiy gaz tarmog‘idan noqonuniy foydalanib kelgan 18 nafar fuqaro salkam 700 million so‘m zarar summasini belgilangan muddatlarda qoplangani uchun javobgarlikdan ozod qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют