» » Namanganda issiqxonada tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotgan fuqaro aniqlandi

Namanganda issiqxonada tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotgan fuqaro aniqlandi


Joriy yilning 20-noyabr kuni Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan Namangan shahri “Orzu” mahallasida B.Abdurahimovga qarashli issiqxonada tabiiy gazdan qonunga xilof ravishda foydalanilayotgani fosh etildi, deb yozadi O‘zA.

Olib borilgan tezkor o‘rganishlar mobaynida B.Abdurahimov markaziy 50 diametrli tarmoqdan o‘zboshimchalik bilan, ko‘z ilg‘amas ravishda yer ostini kovlab, hajmi 25 diametrli polietilen quvurda tabiiy gaz tortib ketganligi aniqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha iste’molchi belgilangan tartibda tarmoqdan uzilib, tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2018, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют