» » Toshkent viloyatida qarzdorligi yuqori bolgan istemolchilarning aksariyati oziga toq oilalar ekanligi bildirilmoqda

Toshkent viloyatida qarzdorligi yuqori bolgan istemolchilarning aksariyati oziga toq oilalar ekanligi bildirilmoqda


Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan qarzdorliklarni undirish boyicha otkazilayotgan reydlar davomida tolovni amalga oshirmagan istemolchilar tarmoqdan uzib qoyilmoqda. Bu haqda OzA xabar bermoqda.

Boshqarmaning jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot shobasidan malum qilishlaricha, Toshkent tumani Sabzavot mahalla fuqarolar yigini M.Nigmatov kochasida istiqomat qiluvchi fuqaro A.Yu. xonadoni tabiiy gazdan mavjud 2 million 19 ming som qarzdorligini tolamagani uchun tarmoqdan uzilgan. Ushbu mahallaning Nastarin kochasida yashovchi fuqaro O.M.ning gazdan 2 million somdan ortiq, elektr energiyasidan 1 million 700 ming som qarzdorligi aniqlanib, tolovni amalga oshirmagani uchun tarmoqdan vaqtincha uzib qoyilgan.

Piskent tumani, Mominobod mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Q.Q.ning tabiiy gazdan qarzdorligi 1 million 500 ming somga yetgan. Avval MIB inspektorlari tomonidan istemolchiga ushbu qarzdorlikni tolash boyicha talabnoma ham berilgan. Tadbirda Q.Q. ketma-ket toy otkazgani bois qarzdorlikni tolay olmasligini malum qilgan. Shu sababli ushbu fuqaro xonadoni ham tabiiy gaz tarmogidan vaqtincha uzib qoyildi.

Tumanda otkazilgan reyd tadbirlari davomida elektr energiyasi tarmogiga qonunga xilof ravishda ozboshimchalik bilan ulanib olish holatlari ham uchrab turibdi. Xususan, Fayziobod mahallasi Istiqlol kochasidagi 66-xonadon elektr energiyasidan 2 million somdan ortiq qarzdorligi uchun avgust oyida tarmoqdan uzilgan edi. Reyd davomida fuqaro A.J. oz xonadonini ozboshimchalik bilan elektr tarmogiga ulab olgani aniqlanib, tegishli tartibda chora korildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (2-10-2018, 22:57)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 18) ( 0) ( 16) ( 2)
:
-
:
20 ... -