» » Qashqadaryolik 14 yoshli abituriyent grant asosida talabalikka qabul qilindi

Qashqadaryolik 14 yoshli abituriyent grant asosida talabalikka qabul qilindi


Qashqadaryolik 14 yoshli abituriyent talaba bo‘ldi. Bu haqda Qarshi davlat universiteti matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida yashovchi 14 yoshli Jasurbek G‘ulomov Qarshi davlat universitetining biologiya fakultetiga davlat granti asosida o‘qishga kirgan.

Kitoblik Jasurbek G‘ulomov 2004-yil tug‘ilgan bo‘lib, joriy yil Kitob tumanidagi 3-sonli akademik litseyning tabiiy fanlar yo‘nalishini tamomlagan.

Eslatib o‘tamiz, 2019—2020-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda eng yosh abituriyent 14, eng keksa abituriyent esa 87 yoshda ekanligi ma’lum bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют