» » Buxoroda eng so‘nggi abituriyent — farzand dunyoga keltirgan ayol tug‘uruqxonadan kelib hujjat topshirdi

Buxoroda eng so‘nggi abituriyent — farzand dunyoga keltirgan ayol tug‘uruqxonadan kelib hujjat topshirdi


Buxoro davlat universitetiga kirish imtihonlariga hujjat topshirish uchun eng so‘nggi abituriyent 15-iyul kuni soat 23:58 da ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Eng so‘nggi abituriyent — Gulbahor Shavkatovna Atoyeva bo‘lgan. U 1983-yil G‘ijduvonda tug‘ilgan. 14-iyul kuni tunda o‘g‘il farzand dunyoga keltirgan ayol hujjat topshirish uchun tug‘uruqxonadan chiqib kelgan. Buxoro Davlat universiteti, Navoiy Davlat pedagogika instituti hamda uchinchi tanlov Samarqand Davlat universitetining Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va yana tug‘ruqxonaga qaytib ketgan.

— Buxoro davlat universitetiga eng so‘nggi hujjatning yosh ona tomonidan topshirilishi, negadir, hammamizga quvonch va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Kun davomidagi charchoqlar chiqib ketdi. Eng so‘nggi abituriyent – yosh onani ham onalik baxti, ham hujjat topshirishga ulgurib qolgani bilan tabriklab, qarsaklar bilan kuzatdik, — dedi Davlat test markazi Buxoro bo‘limi xodimi Izzat Rahmonov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-07-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют