» » 419 mln Facebook foydalanuvchisining ma’lumotlar bazasi serverda parolsiz saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi

419 mln Facebook foydalanuvchisining ma’lumotlar bazasi serverda parolsiz saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi


Xavfsizlik bo‘yicha ekspert Sanyam Jeyn Facebook foydalanuvchilarining telefon va ID raqamlari saqlanuvchi ma’lumotlar bazasi ochiq ekanini aniqladi, deb xabar beradi Meduza.

Mazkur ma’lumotlar bazasida 419 million foydalanuvchi haqida ma’lumotlar saqlangan bo‘lib, ularning 133 millioni AQSh fuqarosi. Jeynning aytishicha, u ayrim mashhurlar haqida ham ma’lumotlarni topgan, biroq aynan kimlar ekanligiga oydinlik kiritmagan.

Baza serverga parolsiz joylashtirilgani sabab, istalgan odam undan foydalanishi mumkin. TechCrunch vakillari xosting-provayder bilan bog‘langanidan keyingina baza o‘chirib qo‘yilgan.

Facebook e’lon qilingan ma’lumotlar bazasini eski deb atadi — unda 2018-yildagi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarning telefon raqamlariga oid ma’lumotlarni yopib qo‘yganidan keyingi ma’lumotlar bo‘lishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-09-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют