» » Yuridik xizmatlardagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot olish imkoniyati yaratildi

Yuridik xizmatlardagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot olish imkoniyati yaratildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 7-bandida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga vazirlikning rasmiy saytida joylashtiriladigan, davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi yagona, hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar bazasini yaratish hamda uning muntazam ravishda yangilanib turilishini ta’minlash vazifasi topshirilgan, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari to‘g‘risidagi yagona ma’lumotlar elektron bazasi dasturi yaratildi.

Mazkur dasturda davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlarida faoliyat yuritayotgan 3040 nafar xodimlar to‘g‘risida shaxsiy ma’lumotlar, ularning attestatsiyadan o‘tganligi va malaka oshirganligi hamda martaba darajalariga ega ekanligi hamda vakant joylar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatib o‘tilgan.

Bugungi kunda, mazkur ma’lumotlar bazasi Adliya vazirligining rasmiy sayti (minjust.uz/uz/interactive/vakancy/)da hamda www.jurist.wintech.uz saytida joylashtirilgan bo‘lib undan hamma erkin foydalanishi mumkin.

Опубликовано: admin (14-11-2017, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют