» » Braziliya terma jamoasi JCh—2018 ning mezbon Rossiyadan keyin ikkinchi ishtirokchisiga aylandi

Braziliya terma jamoasi JCh—2018 ning mezbon Rossiyadan keyin ikkinchi ishtirokchisiga aylandi


Futbol bo‘yicha Braziliya terma jamoasining 2018-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishi aniq bo‘lib ulgurdi.

Saralashning 14-turida Braziliya terma jamoasi Paragvay ustidan yirik — 3:0 hisobida zafar quchdi. Mazkur g‘alaba Neymar yetakchilik qiladigan Braziliya terma jamoasiga Rossiya—2018 mundiali chiptasini taqdim etdi.

Tite murabbiyligidagi pentakampionlar oldindagi to‘rt turda qanday natija qayd etsa ham, 4-o‘rindan pastga tushib ketmaydi. Bu esa Jahon chempionatining kaliti deganidir. Braziliyaliklar bunga birinchi bo‘lib muvaffaq bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, saralashda Braziliyadan keyingi o‘rinlarni Kolumbiya, Urugvay va Chili termalari egallab turibdi. Lionel Messi kabi futbolchisi bor Argentina esa 5-o‘rindan joy olgan.

Опубликовано: admin (29-03-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 6) ( 0) ( 5) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют