» » Avstraliyalik ayol koma holatida bo‘la turib sog‘lom qizchani dunyoga keltirdi

Avstraliyalik ayol koma holatida bo‘la turib sog‘lom qizchani dunyoga keltirdi


Avstraliyaning Kvinslend shtatida yashovchi ayol komada bo‘lishiga qaramay sog‘lom qizchani dunyoga keltirdi, deb xabar beradi The Sun.

25 yoshli Keytlin Stabbs arteriovenoz malformatsiya tashxisi bilan nur terapiyaga yuborilgan. Bu vaqt oralig‘ida u homilador bo‘lib qolgan va bolaga zarar yetishi mumkinligi uchun davolanishni to‘xtatib qo‘ygan. 23-iyul kuni, homilaning sakkizinchi oyida ayolning bosh miya tomirlarida anevrizma sodir bo‘lgan va u komaga tushib qolgan. 24-iyul kuni esa shifokorlar kesercha kesish orqali mijozning farzandini dunyoga keltirgan.

Stabbs hamon komada bo‘lib, jiddiy davolanishga muhtoj, xususan, u ertoterapiya, fizioterapiya va logoped mashg‘ulotlari qatnashishi kerak. Bemorning yaqinlari GoFundMe kraudfanding platformasi orqali xayriya pullarini yig‘ishni boshlab yuborgan.

2-sentabr kuni chaqaloq Kuinga shifoxonadan javob berilgan. “U har safar tomog‘ini qitiqlasam, kuladi. Bitta qizalog‘imiz endi uyda, ikkinchisi esa yo‘lda”, — deydi Stabbsning qaylig‘i Jonatan Uelsh.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют