» » O‘zbekistonda yangi haftada qanday ob-havo kuzatiladi? Havo sovub, yomg‘ir yog‘ishi mumkin

O‘zbekistonda yangi haftada qanday ob-havo kuzatiladi? Havo sovub, yomg‘ir yog‘ishi mumkin


Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekistonda yangi haftada kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Volgabo‘yi hududidan kirib keladigan salqin havo oqimlari ta’risida havo harorati pastlaydi. Xuddi shu harorat hafta oxiriga qadar saqlanib qoladi.

Shanba kuni butun respublikada havo quyoshli bo‘lib, yakshanba kuni bulutli, biroq yog‘ingarchiliklarsiz bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi +10…+15, kunduzi +23…+28 daraja atrofida bo‘ladi.

Dushanba kuni kuni ob-havo keskin yomonlashadi. Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysi bo‘ylab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, kunduzi harorat +17…+22 darajagacha tushishi mumkin.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘ish ehtimoli kam, harorat +20…+25 daraja atrofida bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yog‘ingarchiliklar kutilmaydi.

Sentabr oyining birinchi yarmida havo haroratining bunday sovub ketishi uzoq davom etmaydi. 10-sentabr, seshanba kunidan yog‘ingarchiliklarsiz ob-havo hukmronligi o‘rnatiladi, lekin Farg‘ona vodiysida yana bir kun yomg‘ir yog‘ishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют