» » Ramos: Habib men unga yetib bormagunimcha chempionlikni o‘zida saqlab qoladi

Ramos: Habib men unga yetib bormagunimcha chempionlikni o‘zida saqlab qoladi


UFC jangchisi Deyvi Ramos o‘zini yengil vazn toifasida Habib Nurmagomedovni yengishga qodir yagona jangchi deb hisoblamoqda.

“Habib o‘z jang uslubi sabab raqiblarining 80-90 foizi ustidan katta ustunlikka erishgan. Faqatgina Islom Maxachev bundan mustasno. Uning ham uslubi Habibnikiga o‘xshash. Shunisi aniqki, Habib men unga yetib bormagunimcha chempionlikni o‘zida saqlab qoladi. Bu kundek ravshan. U qilayotgan ish — jang qilishi va bosim o‘tkazish. Men esa butun hayot faoliyatim davomida jiu-jitsu bilan shug‘ullanib kelmoqdaman. Shunday ekan, Habibning bosimiga ko‘nika olmagan raqiblar singari holatdan qo‘rqmayman”, — deydi Deyvi Ramos.

Eslatib o‘tamiz, Ramos 7-sentabr kuni UFC 242 oqshomida aynan Islom Maxachev qarshi jang qiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют