» » Habib Nurmagomedovning otasi o‘g‘li kim bilan jang qilishi lozimligini aytdi

Habib Nurmagomedovning otasi o‘g‘li kim bilan jang qilishi lozimligini aytdi


Yengil vazn toifasida UFC bo‘yicha Jahon chempioni Habib Nurmagomedovning otasi hamda murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedovning ta’kidlashicha, uning o‘g‘li amerikalik Toni Fergyuson bilan jang qilishi lozim. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

“Habib Poryedan so‘ng Toni Fergyuson bilan jang qilishi lozim. To‘g‘ri, bundan avval Habib Neyt Dias bilan to‘qnash keladi. 4-5 yil avval u menga Entoni Pettis va Dias yoki Donald Serrone bilan jang qilishini aytgandi.

Avval ular o‘g‘limga past nazar bilan qarashgan. Hozir esa Habib qirol, u chempion. U tomoshabinlarga jang qiziq bo‘lishi uchun shunday raqiblar bilan jang qilishi kerak bo‘ladi. Faqatgina taxtga o‘tirishning o‘zi yetarli emas, kuchli raqiblar bilan jang qilish zarur. Men har doim shuni talab qilib kelganman, pulning o‘zi oqib kelaveradi.

3-4 jang avval Fergyuson mazkur jangga munosib ekanligini isbotlagandi. Lekin unda avval jarohat, keyin esa oilaviy muammolar paydo bo‘ldi. U qoqildi, biz tomonga e’tirozlar bo‘lishi mumkin emas. Biz raqib tanlamaymiz, faqatgina eng zo‘rlarini so‘raymiz xolos”, — dedi Nurmagomedov.

Eslatib o‘tamiz, Habib navbatdagi jangini UFC 242 musobaqasi doirasida yengil vaznda UFC chempionligi uchun da’vogarlik qilayotgan Dastin Poryega qarshi o‘tkazadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют