» » “Meyvezer haqiqiy jangchi emas” — Nurmagomedovning menejeri

“Meyvezer haqiqiy jangchi emas” — Nurmagomedovning menejeri


Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdulaziz mijozining besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni bokschi Floyd Meyvezer bilan kechadigan jangining yakkakurash qoidalariga ko‘ra tashkil etilishi kerakligi haqida gapirdi, deb yozadi MMAJunkie.

Uning fikriga ko‘ra, bu yo‘nalishda jang qilishga amerikalik yetarlicha ruhiy tayyor emas.

“MMA qoidalari bo‘yicha jang olib borishda Meyvezerga jasorat yetishmaydi. U bizning sport qoidalari bo‘yicha jang qila olmaydi. Boks — chala sport, MMA esa haqiqiy jangchilar uchun to‘laqonli sport turi. Floyd haqiqiy jangchi emas, u oddiygina atlet, xolos. Nurmagomedovga kelsak, u haqiqiy jangchi”, — deydi Abdulaziz.

Avvalroq Meyvezer Habib Nurmagomedov bilan faqatgina boks qoidalari bo‘yicha jang qilishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-12-2018, 00:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют