» » Nurmagomedov va Meyvezer o‘rtasidagi jang 1 mlrd dollarga baholandi

Nurmagomedov va Meyvezer o‘rtasidagi jang 1 mlrd dollarga baholandi


Rossiya boks federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlev yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning amerikalik bokschi Floyd Meyvezer bilan o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan jangiga izoh berdi. Bu haqda “Sport-Ekspress” nashri xabar beradi.

Tashkilot bosh kotibi ushbu jangning Moskvada o‘tkazilishi kerakligi haqida ta’kidlab o‘tdi.

“Agar Habib Meyvezer bilan boks yo‘nalishida jang qilishga rozilik bersa, biz uchrashuvning Moskvadagi “Lujniki” stadionida bo‘lib o‘tishi uchun barcha sharoitlarni yaratamiz. Agar jang o‘tkazilishi aniq bo‘lsa, bu nafaqat biz uchun, balki mamlakatimiz uchun ham foydali. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, chet eldan qanchadan qancha muxlislar oqimi keladi? Qanchalik ko‘p chet el investitsiyasi kirib keladi? Habib va Meyvezer jangi barcha uchun qiziq”,— dedi Kremlev.

U jang narxini 1 milliard dollarga baholadi.

“O‘ylashimcha, ushbu jang bahosi milliard dollar atrofida bo‘ladi. Buning ichiga xarajatlar ham, daromad ham kiradi. Albatta, foyda ko‘ramiz, bunga shak-shubha yo‘q. Menimcha, Meyvezer va Makgregor o‘rtasida o‘tkazilgan jangning homiylari ham mazkur to‘qnashuvda ishtirok etishni xohlaydi. Axir bellashuv butun dunyoga to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatiladi”,—deya so‘zlariga yakun yasadi Kremlev.

Eslatib o‘tamiz, amerikalik bokschi Nurmagomedov bilan boks qoidalari bo‘yicha jang qilishni xohlayotgandi. Habib esa oktagonda hamda ringda jang qilishga qarshi emas.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-12-2018, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют