WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » ?Nurmagomedov va Meyvezer o‘rtasidagi jangning ehtimoliy sanasi va joyi ma’lum bo‘ldi
?Nurmagomedov va Meyvezer o‘rtasidagi jangning ehtimoliy sanasi va joyi ma’lum bo‘ldi
UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmannop Nurmagomedov o‘g‘lining boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer bilan ehtimoliy jangining sanasi va joyini ma’lum qildi.
“Jang Grozniydagi 30 ming muxlisga mo‘ljallangan “Axmat-Arena”da 2019-yil 4-mayida bo‘lib o‘tishi mumkin. Habib hozirda kuchli bokschilar bilan sparringga tushmoqda”,—deydi Habibning otasi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFC rahbari Deyna Uayt Floyd Meyvezerga Habib Nurmagomedov bilan aralash jang qoidalari bo‘yicha bahsga kirishishi uchun 150 million dollar taklif qilgandi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Что нужно улучшить на нашем сайте?