» » Yevro—2020 yo‘lida. Angliya, Portugaliya va Fransiya 4 tadan gol urib, g‘alabaga erishdi (video)

Yevro—2020 yo‘lida. Angliya, Portugaliya va Fransiya 4 tadan gol urib, g‘alabaga erishdi (video)


Futbol bo‘yicha Yevro—2020 musobaqasi saralash bosqichi 5-turi doirasida 7-sentabr, shanba kuni guruhlarda 7 ta bellashuv yakunlandi.

“A” guruhidan o‘rin olgan bahsda Garet Sautgeyt qo‘l ostidagi Angliya terma jamoasi “Uembli” stadionida Bolgariya termasini sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida angliyalik hujumchi Harri Keyn (24, 49—penalti, 73—penalti) het-trikka erishgan bo‘lsa, hujumkor yarim himoyachi Rahim Sterling 55-daqiqada o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa Angliya Bolgariya darvozasiga javobsiz 4 ta gol urib, navbatdagi g‘alabasini tantana qildi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng Sautgeyt shogirdlari ochkolari sonini 9 taga yetkazib, guruhda peshqadamlik qilmoqda. Bolgariya esa 2 ochko bilan 4-o‘rinni egallagan.

“A” guruhidagi holat:

UEFA Millatlar Ligasining ilk g‘olibiga aylangan Portugaliya terma jamoasi mehmonda Serbiyaga qarshi maydonga tushdi.

O‘yinda Portugaliya termasi a’zolari Vilyam Karvalyu (42), Gonsalu Gedesh (58), Krishtianu Ronaldu (80) hamda Bernardu Silva (86) raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, maydon egalarining gollariga Nikola Milenkovich (68) va Aleksandar Mitrovich (85) mualliflik qildi.

Natijada portugallar safarda Serbiya ustidan 4:2 hisobidagi ishonchli g‘alabaga erishdi.

Qayd etish lozim, Portugaliya 5 ochko to‘plagan holda “B” guruhida 2-o‘rinni band qilib turibdi. Serbiya esa 4 ochko jamg‘arib, 4-pog‘onada bormoqda.

“B” guruhidagi holat:

Shu kuni “H” guruhida Didye Desham boshqaruvidagi amaldagi Jahon Chempioni Fransiya terma jamoasi o‘z maydonida Albaniya bilan o‘ynadi.

Uchrashuv davomida Fransiya termasi vakillari Kingsli Koman (8, 68), Olivye Jiru (27), Jonatan Ikone (85) tomonidan urilgan gollarga mehmonlar Sokol Sikaleshining 90-daqiqada penaltidan urgan goli bilan javob qaytardi.

Shu tariqa fransuzlar o‘z uyida kechgan bahsda Albaniyani yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi va 3 ochkoni qo‘lga kiritdi (4:1).

Ushbu g‘alabadan so‘ng Fransiya ochkolari sonini 12 taga yetkazib, guruhda yetkachilikni o‘z qo‘liga oldi. 4-o‘rinda borayotgan Albaniya hisobida esa 6 ochko mavjud.

“H” guruhidagi holat:

Yevro—2020

Saralash bosqichi

5-tur bahslari

7-sentabr, shanba

“A” guruhi

Gollar: 0:1 — 16 Shik, 1:1 — 20 Muriki, 2:1 — 66 Voyvoda

Gollar: 1:0 — 24 Keyn, 2:0 — 49, penalti Keyn, 3:0 — 55 Sterling, 4:0 — 73, penalti Keyn

“B” guruhi

Gollar: 0:1 — 7 Zinchenko, 0:2 — 27 Marlos, 0:3 — 61 Malinovskiy

Gollar: 0:1 — 42 Vilyam Karvalyu, 0:2 — 58 Gedesh, 1:2 — 68 Milenkovich, 1:3 — 80 Ronaldu, 2:3 — 85 Mitrovich, 2:4 — 86 Bernardu Silva

“H” guruhi

Gollar: 1:0 — 31 Sigtorsson, 2:0 — 55 Byarnason, 3:0 — 77 Bedvarsson

Gol: 1:0 — 89 Tufan

Gollar: 1:0 — 8 Koman, 2:0 — 27 Jiru, 3:0 — 68 Koman, 4:0 — 85 Ikone, 4:1 — 90, penalti Sikaleshi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2019, 03:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют