» » Asakada mast erkak 9 yashar qizga nisbatan odobsiz harakatlar qilgan, so‘ng kaltak yegan. IIB holat yuzasidan axborot berdi (video)

Asakada mast erkak 9 yashar qizga nisbatan odobsiz harakatlar qilgan, so‘ng kaltak yegan. IIB holat yuzasidan axborot berdi (video)


Ijtimoiy tarmoqlarda 8-sentabr kuni “Asakada odam o‘g‘risi ushlandi” sarlavhali video tarqaldi. Videodagi holat yuzasidan Andijon viloyati IIB axborot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 7-sentabr kuni soat taxminan 16:30 da 2010-yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan R.S. ismli qiz Asaka shahar markaziy dehqon bozorida yurgan vaqtida unga Asaka tumani “Baynalmilal” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1982-yilda tug‘ilgan fuqaro O.R. mast holda odob-axloq qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan xatti-harakatlar qilgan.

Qiz mast holdagi O.R.ning xatti-harakatlaridan qo‘rqib ketib, bozor ichidagi odamlardan yordam so‘ragan. Shu vaqtda fuqarolar O.R.ni ushlamoqchi bo‘lib quvgan va uni Umid ko‘chasida ushlashgan, so‘ng uni qizning yashash uyiga oli borishgan. “Surishtiruv davomida fuqaro O.Rga Asaka tumani ‘Baxrin’ mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan F.H. tan jarohati yetkazgani aniqlandi”, — deyiladi IIB axborotida.

Sodir etilgan holat yuzasidan chaqiruvga asosan, Asaka tumani IIB xodimlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, xuquqbuzarlik sodir etgan fuqarolarni tuman IIB binosiga olib kelgan va surishtiruv ishlarini olib borgan. Qayd etishlaricha, hozirda ushbu holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2019, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют