» » Samarqandda ishlagani Isroilga ketaman deb o‘ylagan ayol 8 ming dollardan ayrildi

Samarqandda ishlagani Isroilga ketaman deb o‘ylagan ayol 8 ming dollardan ayrildi


Samarqand shahrining Intizor ko‘chasida yashovchi 21 yoshli U.A. va M.Ibragimov ko‘chasida yashovch 38 yoshli L.G‘. ismli ayol Tayloq tumanida yashovchi 34 yoshli M.R. ismli ayolni Isroilga ishlashga yuborishni va’da qilgan.

IIVning xabariga ko‘ra, ular shu va’da bilan tayloqlik ayoldan aldov yo‘li bilan 8 ming dollar pul olgan. Voqea 2018-yilning avgust—dekabr oylarida yuz bergan, biroq ular shu vaqtgacha bergan va’dasini bajarmagan.

Aldanib qolgan ayol 2019-yil 5-sentabr kuni Samarqand shahar IIBga murojaat qilgan. “Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, U.A. va L.G‘. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2019, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 32) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют