» » Toshkentda ayolning bo‘ynidagi zanjirni yulib qochmoqchi bo‘lgan talonchi ushlandi

Toshkentda ayolning bo‘ynidagi zanjirni yulib qochmoqchi bo‘lgan talonchi ushlandi


2019-yil 12-may kuni Toshkent shahrining M.Ulug‘bek tumanida yashovchi 37 yoshli L.A. ismli ayol IIBga murojaat qilib, shu yil 10-may kuni noma’lum shaxs M.Ulug‘bek ko‘chasida bo‘ynidagi sariq metalldan yasalgan zanjirini va undagi kulonini yulib olish maqsadida tortgan vaqtida zanjir uzilib ketib, faqatgina kulonini olib voqea joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni M.Ulug‘bek tumani Sultoniya ko‘chasida yashovchi 50 yoshli A.N. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2019, 05:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют