» » Sergelida Spark olib beraman deb 6400 dollarni “yeb qo‘ygan” shaxs ushlandi

Sergelida Spark olib beraman deb 6400 dollarni “yeb qo‘ygan” shaxs ushlandi


Toshkentning Olmazor tumanida yashovchi 27 yoshli D.B. Sergeli mashina bozorida tanishi — 33 yoshli K.M. ismli ayolga Spark olib beraman deb, undan 6400 dollar pul olgan.

Biroq, IIV xabariga ko‘ra, D.B. va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. D.B. ayoldan pulni 6-yanvar kuni olgan, Sergeli militsiyasiga bu haqdagi murojaat 18-iyul kuni kelib tushgan.

Shundan so‘ng D.B. ushlangan. “Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют